Talabalar malakaviy amaliyoti

 

Bitiruvchi 4-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti to’g’risida
MA’LUMOT

Batafsil

 

Bitiruvchi 4-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti to’g’risida

MA’LUMOT

Fanlarning nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan, o’qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkaziladigan davomi hisoblanadigan talabalarning malakaviy amaliyoti bakalavriat ta’lim yo’nalishlari magistratura mutaxassisliklari DTSlari, o’quv rejalari, o’quv jarayoni jadvaliga  muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining                1998-yil 30-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomga muvofiq tashkil etilmoqda va quyidagi ishlar amalga oshirildi:

“O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomning 2.5. bandi talablariga muvofiq Navoiy shahrida joylashgan 15 ta umumta’lim maktablari, 3 ta akademik litsey va 6 ta kasb-hunar kollejlari hamda 2 ta bolalar va o’smirlar sport majmualari, 7 ta MTM bilan mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalar amaliyotini o’tkazish bo’yicha shartnomalar tuzildi va ta’lim muassasalari bilan amaliyotni o’tkazish bo’yicha kelishib olindi;

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarining pedagogik amaliyotlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ishchi dasturi ishlab chiqildi;

Institutdagi bitiruvchi 19 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining jami                   1529 nafar talabalaridan 1448 nafari Navoiy shahrida joylashgan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda bolalar va o’smirlar sport majmualariga amaliyot o’tash joylariga taqsimlandi. Institutda mavjud 4 ta fakultetdagi ta’lim tili qozoq tilida olib boruvchi yo’nalishlardagi 81 nafar talabalar Konimex tumanida joylashgan 1,2,12,22,26-umumta’lim maktablariga amaliyot o’tash uchun taqsimlandi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 16-sentabrdagi “Yangilangan Klassifikatorga muvofiq ishlab chiqilgan oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 387-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o’quv rejalari asosida ishlab chiqilgan barcha ta’lim yo’nalishlari ishchi o’quv rejalarida hamda 2015-2016 o’quv o’quv yili o’quv jarayoni jadvalida belgilangan amaliyot o’tish muddatiga muvofiq joriy o’quv yilida 11 hafta amaliyot o’tash muddati belgilandi;

Amaliyotda metodist-o`qituvchi tajribali professor, dotsent va o’qituvchilardan tayinlandi.

Ta’lim yo’nalishlari uchun malakaviy amaliyotning muddati O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011-yilda tasdiqlangan namunaviy o’quv rejalari asosida institut rektorining ichki buyrug’i bilan belgilangan Nizom talablari o’quv rejaga muvofiq amaliyot o’taydilar.

Malakaviy amaliyot bakalavriat yo’nalishlari Davlat ta’lim standart (DTS)lari talablariga muvofiq bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining o’ziga xosligini hisobga olib amalga oshirish belgilandi.

Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklarning malakaviy talablari va amaliyot o’taydigan muassasalar imkoniyatidan  kelib chiqqan holda yo’nalish xususiyatini hisobga olib amaliyot dasturlarini ishlab chiqish har bir mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va unga o’xshash masalalar bo’yicha amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma’ruzalarini tashkil etadi. Talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Pedagogika Oliy o’quv yurti talabalarini o’qituvchi-murabbiylik vazifasiga nazariy amaliy jihatdan tayyorlashda Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim tizimida muhim o’rin tutadi. Pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning o’qituvchi-murabbiylik kasbiga bo’lgan malaka, ko’nikmalari takomillashib boradi. Talabalar pedagogik amaliyot davomida o’quv tarbiya jarayonining barcha tomonlarini kuzatadi hamda tahlil qilgan holda, o’zlariga biriktirilgan sinf yoki guruhlarda o’quv tarbiya ishlarini olib borishadi. Talaba mustaqil ravishda sinf va maktabdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazadi.

Talabalar amaliyotini rahbar o’qituvchi va metodistlar hamda mas’ul kafedra mudirlari va institutning malakaviy amaliyot rahbari doimiy ravishda nazorat qiladi. Nazorat natijalari institut o’quv –uslubiy boshqarmaga va o’quv ishlari bo’yicha prorektorga taqdim etiladi.

Amaliyot natijalari muhokamasi har yili amaliyot yakunida rektor huzuridagi yig’ilishda ko’rib chiqiladi va an’anaviy tarzda ko’rgazma va konferensiya tashkil etiladi.