Qabul hujjatlari to’plami

 

ABITURIYENT TA'LIM MUASSASASI QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:

– Ta’lim yo`nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza;

– O`rta yoki o`rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning  asl nusxasi;

– Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.

– Pasportining nusxasi (2 ta);

– Tibbiy ma’lumotnoma (086 – U forma)

– 3×4 sm hajmdagi 6 ta (ijodiy imtihon topshiriluvchi yo’nalshlar uchun 8 ta) rasm;

– Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqa sovrindorlariga o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi; – Papka va skoroshivatel (ДЕЛО), konvert.

– Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abituriyent tegishli tavsiyanomani (asl nusxa va 3 ta kopiya) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi. Ko`rsatib o`tilgan hujjatlar mavjud bo`lganda, qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Abituriyent qaysi yozuvda (kirill yoki lotin) o`qigan bo`lsa, shu yozuvda ariza yozadi va test topshiradi. Arizada test o`tkazish tartib va qoidalari bilan tanishganligi, oliy ma’lumotga ega yoki ega emasligi ko`rsatiladi. Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`risida tilxat beriladi.