Moliyaviy faoliyat

 

Navoiy davlat pedagogika instituti haqida umumiy

MA’LUMOT

Navoiy davlat pedagogika instituti 1992 yili tashkil etilgan bo‘lib, shaharning to‘rtda hududida joylashgan oltita o‘quv bino hamda bitta talabalar turar joyidan iborat. Hududlar kesimida: Ibn Sino ko‘chasida joylashgan 750 o‘ringa ega bosh o‘quv binosi 1984 yil qurirgan bo‘lib, 19923 m2 ni tashkil etadi. Ushbu bino hududida 1985 yilda qurilgan 200 o‘ringa ega ikkita yog‘och o‘quv binosi mavjud. A.Avloniy ko‘chasida joylashgan 892 o‘ringa ega o‘quv binosi 2002 yilda qurilib umumiy maydoni 1665.5 m2 ni, Janubiy ko‘chasida joylashgan 850 o‘ringa ega o‘quv binosi 1965 yil qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni 5726.27 m2 ni, Umid qo‘rg‘onida joylashgan 750 o‘ringa ega va 400 o‘ringa ega talabalar turar joyi 2006 yil qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni 96790.25 m2 ni tashkil etadi.
Institutda 2 ta talabalar oshxonasi mavjud.Ulardan biri 100 o‘ringa ega, Ibn Sino ko‘chasidagi o‘quv binosi xududida, ikkinchi 400 o‘ringa ega bo‘lgani esa M.Tarobiy ko‘chasidagi o‘quv binosi hududida joylashgan. O‘quv yurtida 2 ta yopiq va 3 ta ochiq turdagi sport majmuasi mavjud.
Navoiy davlat pedagogika instituti Moliya va iqtisodiyot bo‘limi quyidagi tashkiliy tuzulmaga ega.

§ Reja-moliya bo‘limi;
§ Buxgalteriya;
§ Texnikadan foydalanish va xo‘jalik bo‘limi;
§ Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi;
§ Bosh muhandis;

Reja-moliya bo‘limi vazifalari:

· O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
· Oliy ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
· Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan byudjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus byudjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish;
· Davlat byudjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlash va Xalq ta’limi vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
· Ta’lim muassasasiga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha – smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
· Shtat, byudjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisobotini nazoratini tashkil qilish;
· Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
· O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy xujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o‘zining xizmat vazifalariga rioya etish.
Buxgalteriya bo‘limi vazifalari:

· O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
· Professor-o‘qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;
· Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
· Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
· Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
· Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
· Mahalliy va Respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish;
· Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
· Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo‘lishining oldini olish;
· Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulalari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
· Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri saflanishini nazorat qilish;
· Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
· Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
· Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o‘rnatilgan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
· Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o‘z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.
.

Texnikadan foydalanish va xo‘jalik bo‘limi vazifalari:

· Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
· Institut binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;
· Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;
· O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini uquv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;
· Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
· Jihozlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
· Xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
· Institutga tashrif buyurgan mehmon va delegatsiyalarni qabuli bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
· Institut atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
· Institutda o‘tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarini tashkil qilishi;
· Binolarda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkil qilish.

Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘limi vazifalari:

· O‘zbekiston Respulikasi qonunlari, Prezident formonlari va farmoyishlari, oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining normativ-xuquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
· Fuqaro mudofaasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha yuqori tashkilotlardan kelgan qaror va qonunlar bo‘yicha institut ichki buyruqlarini tayyorlash, chora tadbirlar rejasini tuzib ijrosi bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
· Talaba va xodimlarni favqulotdagi holatlarda hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;
· Institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-giginek holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash va nazorat qilish;
· Tasdiqlangan xaritaga muvofiq institut xonalari va hududini kecha-yu kunduz qo‘riqlanishini tashkil etish;
· O‘t o‘chirish va yong‘inga qarshi ishlatiladigan vositalar hamda anjomlar bilan ta’minlanishi va ular soz holda saqlanishini doimiy kuzatib borish;
· O‘t o‘chirish anjomlarining o‘z vaqtida profilaktik ta’mirlanishini va yaroqsizlarini yaroqlilari bilan almashtirilishini tashkil etish;
· Institutda yong‘in chiqqan, tungi vaqtda begona shaxslar ushlangan hollarda navbatchi posbonlar qanday harakat qilishlari kerakligi xususida ularga yo‘l-yo‘riq berish;
· Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Favqulotda holatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;

Bosh muhandis vazifalari:

· Institutning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
· Institutning muhim ob’yektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
· Institutning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
· Kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuatsiya rejasini tayyorlash;
· Institutning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir ob’yekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
· Mavjud ob’yektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
· Binolarni texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
· Institutning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
· O‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish;
· O‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
· Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
· Institutda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;