Magistratura bo’limi

 
Безымянный

Bo’limi boshligi

i.f.n.dots. N.Q.Murodova

Elektron manzili: kullievna-6301@mail.ru 

Telefon : (0 436) 225-29-54, (99890) 739-59-37

Bo`lim manzili:  Navoiy shahri ibn Sino ko`chasi 45 uy , 1-yogoch bino,  2-qavat

Bo`lim haqida batafsil

Navoiy davlat pedagogika institutida  rektor , professor Rahmonov Ravshan Rahmonovich, ilmiy ishlar prorektori  dotsent Ro’ziyev Rauf Axmatovich   rahbarligida   2002-2003-o’quv yilida“Magistratura” bo’limi tashkil etilgan. 2006-yildan boshlab alohida bo’lim sifatida faoliyat ko’rsata boshladi.  Bo’lim  jamoasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim  to’g’risidagi ” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 10- sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura  faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 190-sonli qarori talablariga , Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2007- yil 29- dekabrdagi “Magistratura to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risidagi” 269-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga va unga vazirlikning 2010-yil 28-maydagi “Magistratura to’g’risidagi Nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi 206-sonli buyrug’i bilan o’zgartirishlar kiritilgan va qayta tasdiqlangan Nizomga, 2012- yil 18-dekabr 2405-sonli  O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015- yil 2-martdagi “Magistratura to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risidagi” 36-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi  Nizomga  hamda Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga, Navoiy davlat pedagogika institutining Ustaviga va magistratura bo’limining ish rejalariga  asosan faoliyat olib bormoqda.

Institutdagi mavjud  magistratura mutaxassisliklari  bo’yicha o’quv-me’yoriy hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008- yil 24- iyuldagi  “Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 191-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan DTS va namunaviy o’quv rejalari bilan hamda yangilangan Klassifikatorga muvofiq tashkil etilgan DTS va namunaviy o’quv rejalari  O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011- yil 16-sentyabrdagi “Yangilangan Klassifikatorga muvofiq ishlab chiqilgan oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalarini tasdiqlash to’g’risida”gi  387-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.   Ular asosida ToshDPU bilan kelishgan holda magistratura mutaxassisliklarining ishchi o’quv rejalari,  namunaviy fan dasturlari, ishchi fan dasturlari ishlab chiqilgan va ular asosida mashg’ulotlar olib borilgan.

Magistraturada 2006-2008 yillarda f.f.n.Qodirov Kamol Namozovich bo’lim boshlig’i bo’lib faoliyat yuritdi. 2008-2013 yillarda f.f.n.Ashurov Baxshillo Sharopovich, 2013- yilda f.f.n.Jumayev Zafar , 2014- yilda k.f.n.Karimova Dilorom va 2014-2015 yil mart oyigacha katta o’qituvchi Hasanov Shermamat Raxmatullayevichlar bo’limni boshqarganlar va ijobiy natijalarga erishdilar.

Institutda Kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash qonun hujjatlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq magistratura bo’limida dastlab 3 ta mutaxassislik bo’yicha tashkil etilgan  bo’lsa,  2004-2015 yillarda 10 ta  mutaxassislik  bo’yicha jami 566 ta “magistr” darajasini olgan pedagog kadrlar tayyorlandi. Shundan 28 nafar Davlat granti asosida tahsil oldi. Bulardan Respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelib o’qigan magistrantlar 80 nafar bo’lib, ular talabalar umumiy sonining 14,1 % ni tashkil etadi. Boshqa viloyatdan kelib o’qiyotgan talabalar asosan Buxoro viloyati (41 nafar 7,2 %) Samarqand viloyatidan (36 nafar 15,7 %), Jizzax (2ta -0,3%), Xorazm (2ta-0,3%) hisobiga to’g’ri keladi, jumladan:

Navoiy davlat pedagogika institutida 2004-2015 yillarda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha “magistr” darajasini olgan  talabalar tarkibi tahlili

 

 

T|r

 

Mutaxassisligi

 

tugatgan yili

 

Soni

                     Shu jumladan:
 Grant asosida qizlar Yigit lar Davlat stipen-

diatlari

 

Viloyatlar kesimida

  Tarix 2004 3 1 1 2   Navoiy -100%
  Informatika   4 1 3 1   Navoiy -75%

Samarqand-25%

  O’zbek tili   3 1 1 2   Navoiy -100%
Jami           3   10 3     5

  50%

5

 50%

   
  Tarix 2005 4 1 4   Navoiy  -25%

Buxoro –  50%

Samarqan -25%

  Informatika   2 1 1 1    
  O’zbek tili   5 1 3 2   Navoiy -60%

Buxoro -40%

Jami 3   11 3     4

  36%

7

64%

   
  Tarix 2006 5 1 5   Navoiy -80%

Buxoro -20%

  Fizika-matematika   3 3 2 1   Navoiy -100%
  O’zbek tili   5 1 5   Navoiy -100%
Jami 3   13 3   12

 92%

1

8%

   
  Tarix 2007 8 1 5 3   Navoiy -90%
  Informatika   6 1 5 1   Navoiy -60%

Buxoro -40%

  O’zbek tili   7 1 6 1   Navoiy -100%
  O’zbek adabiyoti   5 1 5   Navoiy  -80%

Samarqand-20%

  Pedagogika   12 1 10 2   Navoiy -90%

Buxoro -10%

Jami 5   38 5 31

81%

7

19%

   
  Tarix 2008 8 1 5 3   Navoiy -100%
  Informatika   7 1 4 3   Navoiy -80%

Samarqand-20%

  O’zbek tili   14 1 12 2   Navoiy -80%

Samarqand-10%

Buxoro -10%

  Biologiya   9 1 7 2   Navoiy -70%

Samarqand-10%

Xorazm -10%

Buxoro -10%

  Pedagogika   29 2 15 14   Navoiy -50%
  O’zbek tili   7 1 6 1   Navoiy -100%
  O’zbek adabiyoti   5 1 5   Navoiy -100%
Jami 7   79 8 54

68,3%

25

31,7%

   
  Tarix 2009 17 1 8 9   Navoiy -60%

Samarqand-40%

  Informatika   11 1 5 6 1 Navoiy -80%

Samarqand-10%

Xorazm -10%

  Pedagogika   19 1 18 1   Navoiy -50%
  O’zbek tili   10 1 8 2   Navoiy -50%

Buxoro -50%

  Biologiya   4 1 4   Navoiy -100%
  Rus adabiyoti   7 1 6 1   Navoiy -100%
  Pedagogika rus   5 1 3 2   Navoiy -100%
Jami 7   73   52

71%

21

29%

   
  Tarix 2010 6 1 4 2   Navoiy -90%

Buxoro -10%

  Informatika   6 1 3 3   Navoiy -50%
  O’zbek tili   8 1 5 3   Navoiy -90%

Buxoro -10%

  Rus tili adabiyoti   4 1 4   Navoiy -90%
  Biologiya   6 1 5 1 1 Navoiy -100%
  Pedagogika   9 1 7 2   Navoiy -50%
Jami 6   39

 

  28

71,8%

11

28,2%

   
  Tarix 2011 11 1 9 2   Navoiy -80%

Samarqand-10%

Buxoro -10%

  Informatika   9 1 6 3 1 Navoiy -70%

Samarqand-20%

Buxoro -10%

  O’zbek tili   10 1 7 3   Navoiy -100%
  Pedagogika   19 1 13 6   Navoiy -90%

Buxoro -10%

  Pedagogika rus.   3 1 3 1   Navoiy -100%
  Biologiya   7 1 6   Navoiy -90%
  Fizika   5 1 3 2   Navoiy -80%

Buxoro -20%

Jami 7   64   47

73,4%

17

26,6%

   
  Tarix 2012 14 1 7 7   Navoiy -80%

Buxoro -10%

Samarqand-10%

  Ta’limda axborot texnologiyalari   12 1 6 6   Navoiy -50%
  O’zbek tili   12 1 10 2   Navoiy -80%

Samarqand-20%

  Ijtimoiy pedagogika   8 1 7 1   Navoiy -80%
  Biologiya   10 1 6 4   Navoiy -70%

Buxoro -20%

Samarqand-10%

  Nazariy fizika   8 1 6 2 2 Navoiy -75%
  Rus tili va adabiyoti   6 1 6   Navoiy -80%

Buxoro -20%

Jami 7   70   48

68,6%

22

31,4%

   
  Tarix 2013 8 1 4 4   Navoiy -80%

Buxoro -20%

  Ta’limda axborot texnologiyalari   7 1 6 1   Navoiy -80%

Buxoro -20%

  O’zbek tili adabiyoti   9 1 9 1 Navoiy -75%

Buxoro -25%

  Fizika   4 1 1 3   Navoiy -100%
  Kimyo   8 1 7 1   Navoiy -90%

Samarqand-10%

  Rus tili adabiyoti   5 1 5   Navoiy -90%

Jizzax -10%

  Biologiya   7 1 6 1   Navoiy -80%

Samarqand-10%

Buxoro -10%

Jami 7   48   38

79,2%

10

20,8%

   
  Tarix o’qitish metodikasi 2014 7 1 2 5   Navoiy -80%

Buxoro -10%

Samarqand-10%

  Ta’limda axborot texnologiyalari   8 1 7 1   Navoiy -75%

Buxoro -25%

  O’zbek tili va adabiyoti   5 1 5   Navoiy -90%
  Pedagogika   8 1 5 3   Navoiy -90%

Buxoro -10%

  Fizika o’qitish metodikasi   5 1 3 2

 

1 Navoiy -100%
  Matematika o’qitish metodikasi   6 1 4 2   Navoiy -80%

Buxoro -10%

Samarqand-10%

  Biologiya o’qitish metodikasi   8 1 7 1   Navoiy -80%

Buxoro -20%

  Kimyo o’qitish metodikasi   7 1 6 1   Navoiy -100%
  Geografiya o’qitish metodikasi   6 1 5 1   Navoiy -50%
  Rus tili va adabiyoti   6 1 6

 

  Navoiy -80%

Samarqand-20%

Jami 10   66 1 50

75,7

16

24.3

   
  Tarix o’qitish metodikasi 2015 7 1 3 4   Navoiy -80%

Samarqand-10%

Buxoro -10%

  Ta’limda axborot texnologiyalari   6 1 3 3 1 Navoiy -90%
  O’zbek tili va adabiyoti   7 1 6 1   Navoiy -80%

Samarqand-20%

  Fizika o’qitish metodikasi   6 1 5 1   Navoiy -100%
  Matematika o’qitish metodikasi   3 1 2 1 1 Navoiy -90%

Samraqand-10%

  Biologiya o’qitish metodikasi   6 1 5 1 1 Buxoro -75%

Samarqand-25%

 

  Kimyo o’qitish metodikasi   4 1 4

 

  Navoiy -90%

Samarqand-10%

  Geografiya o’qitish metodikasi   6 1 6   Navoiy -80%

Samarqand-20%

  Rus tili va adabiyoti   7 1 7   Navoiy -80%

Samarqand-20%

  Musiqa ta’lim   3 1 1 2   Navoiy -100%
Jami 10   55   42

76,4%

13

23,6%

   

 

Magistratura bo’limida 2004-2015 yillarda  2ta “Prezident” stipendiati va  nomdor stipendiatlar tahsil oldi. Jumladan, 2012-2014 o’quv yilida  Fizika va astronomiya yo’nalishi talabasi Kamolova Dilnavoz Ixtiyor qizi, 2013-2014 o’quv yilida “Matematika o’qitish metodikasi” yo’nalishi talabasi  Ibodullayeva Nafisa  Muxitdinovna. Shuningek, 11 ta nomdor stipendiatlar magistr darajasini oldilar.

Magistratura bo’limini 2004-2015 yillarda tugatgan va magistrlik darajasini olgan bitiruvchilarning 23,8  %i institutning kafedralarida ishga qabul qilindi va faoliyatini davom ettirmoqda. Bitiruvchilarning 42,1%i Kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda, 34,1%i maktablarda faoliyat yuritmoqda.

1

Institut rektori professor Xolboy Ibraimov Prezident stipendiati Nafisa Ibodullayeva  dimlom bilan taqdirlamoqda

 

Institut rektori Xolboy Ibraimov “Ulug’bek” nomli davlat stipediasi Haydarova Gulruhga dimlom topshirmoqda

 

 

 

 

                  MAGISTRATURA  BO’LIMINING 2015-2016 YILDAGI FAOLIYATI

 

Navoiy Davlat pedagogika instituti “Magistratura” bo’limning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Institut Ilmiy va o’quv-uslubiy kengashi – bo’lim faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtiruvchi asosiy organ hisoblanadi.

Homiylik va hamkor tashkilotlar – Navoiy viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va Xalq ta’limi boshqarmalari tasarrufidagi ta’lim muassasalari.

2015-yil mart oyidan i.f.n.,dots.Murodova Nodira Qulliyevna bo’lim boshlig’i etib tayinlandi. Katta o’qituvchi Saidov Anvar Sayimovich uslubchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

2015-2016 o’quv yilida “Magistratura” bo’limida magistrantlar tayyorlash 9 ta mutaxassislik bo’yicha amalga oshirilmoqda, bu mutaxassisliklar bo’yicha jami 83 nafar , jumladan, 1-bosqichda 43 ta, 2-bosqichda 41ta talabalar, shundan 18 nafari Davlat granti asosida tahsil oladi. Bulardan Respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelib o’qiyotgan talabalar 30 nafar bo’lib, ular talabalar umumiy sonining 23,8 % ni tashkil etadi. Boshqa viloyatdan kelib o’qiyotgan talabalar asosan Samarqand viloyatidan (13 nafar 10 %), Buxoro viloyati (19 nafar 14 %) hisobiga to’g’ri keladi.

Magistratura bo’limi 14ta kafedra bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Jumladan, “Pedagogika”,   “Ijtimoiy fanlar”, “O’zbekiston tarixi”,   “O’zbek tilshunosligi”,”O’zbek adabiyoti” “Rus tili va adabiyoti”, “Chet tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Umumiy matematika” “Umumiy biologiya”, “Kimyo va ekalogiya” “Umumiy fizika”, “Geografiya” va “Milliy istiqlol  g’oyasi: ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedralari professor-o’qituvchilari o’quv mashg’ulotlarini olib bormoqda.

Professor-o’qituvchilardan 6 nafari fan doktori, professor, 30 nafari fan nomzodi, dotsentlarni tashkil qiladi va talabalarning magistrlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlikni olib bormoqdalar.

2015-2016 o’quv yilida “Magistratura” bo’limida magistrantlar tayyorlash 9 ta mutaxassislik bo’yicha amalga oshirilmoqda:

  1. 5A110601-Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix)-1 kursda – 5 ta talaba

2 kursda – 5 ta talaba

  1. 5A 111201- O’zbek tili va adabiyoti
  • kursda – 5 ta talaba
  • kursda – 4 ta talaba
  1. 5A 110201- Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(Fizika va astronomiya)
  • kursda – 5 ta talaba
  • kursda – 4 ta talaba
  1. 5A 110301 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Kimyo)
  • kursda – 3 ta talaba

2 kursda –  8 ta talaba

  1. 5A 110401 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya)

1 kursda – 5 ta talaba

  • kursda – 4 ta talaba
  1. 5A 110501Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Geografiya)
  • kursda -4 ta talaba

2  kursda -5ta talaba

  1. 5A 110101 -Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika)

1kursda – 6 ta talaba

2kursda – 4 ta talaba

  1. 5A 110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari

1 kursda – 5ta talaba

  • kursda – 4 ta talaba
  1. 5A 111301 – Rus tili adabiyoti

1 kursda -5 ta talaba

2 kursda -3 ta talaba

   

Magistratura bo’limining 1-kursida 3 nafar nomdor stipendiatlar va 1 nafar olimpiada g’olibi tahsil olmoqda. Jumladan, 5A 110301 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Kimyo) talabalaridan 1nafari, Haydarova Gulruh Sobirjon qizi – 5A 110201- Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya) yo’nalishi talabasi Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi, 5A 111301 – Ona tili  va adabiyoti (tillar bo’yicha) Sharopova Nafisa Baxshillo qizi.  Respublika bosqichi fizika fan olimpidasi 2-o’rin g’olibi Xoliqov Suyunjon Hamroqul o’g’li 5A 110101- Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi( matematika) yo’nalishi 1-kursida tahsil olmoqda.

Magistratura talabalari ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda ham faollik ko’rsatmoqda. 2015-2016 o’quv yilida talabalar  Navoiy shahar “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari huzurida bo’lib, “Mehrimiz sizga bolajonlar!” nomli tadbir o’tkazdilar va bolalarga esdalik sovg’alari ulashdilar.

 

 

 

O’tgan o’quv yilida magistratura bo’limi 15 ta  kafedralar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatdi:

  1. Ijtimoiy fanlar
  2. O’zbekiston tarixi
  3. Umumiy tarix
  4. Pedagogika
  5. Rus tili va adabiyoti
  6. O’zbek tilshunosligi
  7. Chet tili
  8. Informatika va axborot texnologiyalari
  9. Umumiy biologiya
  10. Milliy istiqlol g’oyasi: huquqshunoslik va ma’naviyat asoslari.
  11. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
  12. Umumiy fizika
  13. Kimyo va ekalogiya
  14. O’zbek adabiyoti
  15. Umumiy matematika