Iqtidorli talabalar

 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

Bo‘lim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 10 iyuldagi 185-sonli buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risida”gi Nizom asosida faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda bo‘limni O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Munira Xudoyorova boshqarmoqda.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limida fakultetlar va kafedralardan 1000 ga yaqin talabalar ro‘yxatga olingan. Ular institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bo‘lim tarkibida 40 ga yaqin to‘garak faoliyat olib boradi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi:
-iqtidorli talabalarni maqsadli sohaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot olib borishga tayyorlash;
-iqtidorli talabalarni maqsadli, sohaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot olib borishga tayyorlash;
-Iqtidorli talabalar uchun ilmiy va ijodiy to‘garaklar tashkil qilish;
-talabalarni ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarda maqola va tezislar bilan ishtirokini ta’minlash;
-institut yosh olimlari va iqtidorli talabalari konferensiyalarini o‘tkazish;
-iqtidorli talabalarni respublika olimpiadalari, turli intellektual va ijodiy anjumanlarga tayyorlash;
-iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat nomdor stipendialari va boshqa turli fanlar ta’sis etgan stipendiyalarga tayyorlash;
-talabalarni tashkiliy-boshqaruv ishlariga o‘rgatish;
2015-2016 o‘quv yilida institutda 3 nafar talaba nomli Davlat stipendiyalari sohibalari bo‘lishdi. Jumladan, Chet tillar fakulteti rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Sharopova Nilufar va shu fakultetning ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Po‘latova Sarvinozlar Alisher Navoiy nomli Davlat stipendianti , Tabiatshunoslik fakulteti Kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 4-kurs talabasi Axmedova Nilufar Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi. 4 nafar talabamiz Oliy ta’lim muassasalari talabalarining respublika fan olimpiadalarining II bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok yetib , faxrli 1-,2-,3-o‘rinlarni egallashdi. 2016 yilning 25-26 – mart kunlari Respublikamizda birinchi marotaba o‘tkazilgan ingliz tilidagi Xalqaro sammitda ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari Malika Kazakova va Nargiza Ibrohimovalar muvaffaqqiyatli ishtirok yetib, maxsus sertifikat bilan taqdirlanishdi.