Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari

 

Yo`nalishlar

Batafsil

Безымянный

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari
2015-yil davomida institutda quyidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2015-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 56-f-sonli Farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro anjumanlar rejasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2015-yil 16-fevraldagi 37-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2015-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2015-yil 16-fevraldagi 51-sonli buyrug‘iga asosan 2015-yil 9 aprelda NavDPIda “Global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy uslublari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bulib o‘tdi.
Anjuman 2015-yil 9-aprelda, soat 10.00 da NavDPI katta faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Konferensiya materiallari jami 45 b.t. hajmda 4 ta kitob shaklida chop etildi.
2. Navoiy davlat pedagogika institutida 2015-yil 25-aprelda Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Matematika va uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘qitish muammolari” mavzuida Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-fevraldagi 56 – f – sonli farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil 16-fevraldagi 37 – sonli buyrug‘iga asosan tashkil qilindi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respubikasi Fanlar Akademyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati markaziy Kengashining 2015-yil 13-apreldagi 13/15/5/2/1 sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlanib 2015-yilning 4-5 iyun kunlari Navoiy davlat pedagogika institutida “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida mintaqaviy konferensiya o‘tkazildi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar to‘g‘risida”gi 33-f-sonli farmoyishiga asosan Navoiy davlat pedagogika institutida 2016-yilning 3-may kuni “Globallashuv jarayonlari, ma’naviy tahdidlar, yoshlar ta’limi va tarbiyasi” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi