Bakalavriyat

 

Bakalavriat – ta’lim yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o’qish muddati 4 yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo’yicha ta’lim yo’nalishi bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

BATAFSIL

  1. Bakalavriat – oliy ta’limning ma’lum bir yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
  2. Bakalavriatda o’qish muddati ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kamida 1 yilga uzaytiriladi.
  3. Bakalavr dasturi tugallanganidan so’ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo’yicha «bakalavr» akademik darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom ilovasi bilan tegishli ko’krak nishoni topshiriladi.
  4. Bakalavr tayyorgarligining zaruriy darajasi, ta’lim dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar, o’quv yuklamasining to’liq hajmi, amaliy mashg’ulotlar, tayyorlash sifatining nazorat mexanizmi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 16 avgust 2001 yil 343-qarori (O’zbekiston Respublikasi qonunlari to’plami, 2001 yil, № 15-16, st.104) bilan tasdiqlangan «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari. Asosiy qoidalar» bilan belgilanadi.
  5. Bakalavrning kasbiy faoliyat turlari va sohalari tavsifi, kasbiy talablar, o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturlari mazmuni va tuzilishi, ularni amalga oshirish mexanizmi, tayyorlov sifati nazorati bakalavriatning aniq yo’nilishi bo’yicha tuzilgan davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
  6. Bakalavriat yo’nalishlariga tegishli davlat ta’lim standartlari asosida oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlanadigan o’quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqiladi.
  7. Bakalavriat tizimida oliy ta’lim yo’nalishiga mos keluvchi (umumkasbiy tayyorgarlikka muvofiq) bir yo’nalishdagi o’rta-maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarning uzluksiz o’quv rejalari asosida ta’lim dasturini tezkor va to’liq o’zlashtirishi imkoniyati yaratiladi.
  8. Bakalavr tayyorlandi:

muayyan yo’nalishlar bo’yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi mumkin bo’lgan lavozimlarga

bakalariat yo’nalishiga muvofiq keluvchi tanlangan mutaxassislik bo’yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga

qayta tayyorgarlik va malaka oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

  1. Oliy ta’lim muassasasida yangi yo’nalish bo’yicha bakalavrlarni tayyorlash huquqi belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarafidan oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat idorasi so’roviga ko’ra beriladi.