Axborot Texnologiyalari Markazi

 
Toshev-Ixtiyor

Markaz boshlig`i

Toshev Ixtiyor Izzatovich

Elektron manzili: ixtiyortoshev@inbox.uz , ixtiyor85@umail.uz

Telefon : +99891-333-88-72

Markaz manzili:  Navoiy shahri ibn Sino ko`chasi 45 uy , 2-qavat,  201-xona

Bo`lim haqida batafsil

Navoiy davlat pedagogika instituti axborot texnologiyalari markazi zamonaviy kompyuter sinflari, masofaviy o`qitish uskunalari bilan jihozlangan bo`lib, internet tarmog`iga bog`langan.

Markazning faoliyati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida”gi PF-3080- son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Komp`yuterlash-tirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikasiya texnologiya-larini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 200-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil  2-iyundagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi PK-91-sonli Qarori, 2005- yil 8-iyuldagi  PK-117-sonli “Axborot – kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori, 2005-yil 28-sentabrdagi “O`zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida”gi PK-191-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to`g`risida”gi 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli Qarori hamda vazirlikning buyruqlari va Hay`at qarorlarida belgilangan vazifalari bajarishga qaratilgan.

Markazda institut bo`yicha qurilgan ichki tarmoqqa ulangan hamda mavjud ma`lumotlar bazasidagi axborotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, markaz zamonaviy axborot –  kommunikatsion  texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash bo`yicha professor – o`qituvchilarga doimiy metodik yordam ko`rsatadi. Markaz o`quv adabiyotlarining elektron variantlarini yaratish, tarjima qilish va bir grafikadan ikkinchi grafikaga o`tkazishda professor – o`qituvchilar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

 

Markaz quydagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

 

– institutda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

– institutda lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil qilish, ularni kengaytirish va takomillashtirish, unda elektron hujjat aylanishi tizimlarini shakllantirish;

-ish yuritish, boshqaruv va nazorat qilishning zamonaviy usullariga o`tishni ta`minlaydigan kompyuter dasturlari yaratish va institutning barcha kafedralar va dekanat tizimlarida joriy etish;

-institutning markazlashgan elektron ma`lumotlar banklarini shakllantirish, ularning xavfsizligi va barqaror ishlashini ta`minlash;

-axborot xizmatini tashkil etish, institut rektori tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;

-institutda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha institut rektoriga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;

-institutning rasmiy veb sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;

– institut tizimining ichki va tashqi aloqalarini mustahkamlash hamda kengaytirishga xizmat qilish;

– institutda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ishlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

 

 

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;

O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;

talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;

ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;

o‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;

jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;

yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;

Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.